Oʻzbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 21-22-fevral, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun, 20-fevral kuni kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, kunning oʻrtasiga kelib havo 20-25 daraja iliqqacha isiydi. Qayd etilishicha, bunday harorat qish faslining oxirgi oyiga qaraganda bahor faslining oʻrtalariga xosdir.
Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati respublika shimolida 8-13 daraja atrofida boʻladi.
Ertaga, 21-fevral kuni Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shu kuni kechasi va ertalab respublikaning koʻpchilik hududlarida (Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatidan tashqari) yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertalab va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 21-fevral kuni yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
21-fevralda kunduzgi havo harorati meʼyoriy qiymatlargacha pasayadi va 9-14 daraja iliq atrofida boʻladi. 22-fevral, yakshanba kuni esa Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi va harorat 15-18 daraja iliqqacha koʻtariladi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring