Musiqiy madaniyat va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari qachon oʻtkazilishi aytildi

11:05 20 Fevral 2026 Jamiyat
348 0

Musiqiy madaniyat va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari joriy yilning 25-27-fevral va 3-4-mart kunlari oʻtkaziladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin boʻladi.

Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari soʻraladi.

Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:

  • 1-smena: 09:30– 10:00;
  • 2-smena: 13:30 – 14:00.

Shuningdek, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?