Poytaxtda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosining oldi olindi
Videodan kadr
Toshkent shahrida katta miqdordagi giyohvandlik vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXX hamda Bojxona idoralari hamkorligida poytaxt hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1987-yilda tugʻilgan shaxsning Shayxontohur tumanidagi yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan.
Natijada, uning uyidan va avtomashinasidan 16 227 dona “Pregabalin”, 7 947 dona “Regapen”, 35 dona “Lirika” va 14 dona “Perge” – jami 24 223 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam kontrabandachilar tomonidan Qirgʻiz Respublikasidan Fargʻona viloyati hududiga oʻtkazilgan ushbu dori vositalarini 34 ming AQSH dollari evaziga sotib olib, kelgusida Toshkent shahrida qayta sotish orqali moʻmay daromad topishni maqsad qilgan.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Shuningdek, uning Fargʻona viloyatidagi jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish va qoʻlga olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring