Xilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

10:24 17 Fevral 2026 Jamiyat
298 0

Kecha, 16-fevral kuni Xilola Umarova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 17-fevral kuni eʼlon qilingan qarori bilan Xilola Uktamovna Umarova Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Umarova 2025-yil iyulidan Prezident farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Unga qadar esa 2022-yil dekabridan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?