Uzilgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang — Energetika vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi
Maʼlumki, ayni kunlarda Respublikamiz boʻylab kuchli shamol va yomgʻir kuzatilmoqda. Energetika vazirligi noqulay ob-havo sharoitida amal qilish zarur boʻlgan shaxsiy xavfsizlik choralarini eslatib oʻtdi.
Unga koʻra, fuqarolar quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlari soʻraladi:
- yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;
- elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;
- avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;
- kuchli shamol va yomgʻir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt boʻlishdan saqlaning;
- bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolgʻiz qoldirmang.
“Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni soʻraymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring