FT: AQSH bosimi fonida Ukrainada prezidentlik saylovi va referendum oʻtkazilishi mumkin

12:24 11 Fevral 2026 Dunyo
456 0

Financial Times nashri xabariga koʻra, Ukraina rahbariyati AQSH maʼmuriyati bosimi ortidan prezidentlik saylovi hamda tinchlik kelishuvi boʻyicha referendum oʻtkazish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Manbalarga tayanib xabar berilishicha, Donald Tramp maʼmuriyati Kiyevdan ushbu ovoz berish jarayonlarini 15-mayga qadar tashkil etishni talab qilgan. Oq uy bahorga qadar tinchlik muzokaralarini yakunlash tarafdori ekani qayd etilmoqda. Aks holda, Ukrainaga taklif etilgan xavfsizlik kafolatlari xavf ostida qolishi mumkin.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, AQSH prezidenti xavfsizlik kafolatlari keng qamrovli tinchlik kelishuviga bogʻliq ekanini anglatgan. Ushbu kelishuv Donbass boʻyicha muayyan imtiyozlarni nazarda tutishi mumkinligi va Vashington uni 15-mayga qadar yakunlashni istashi taʼkidlangan.

Shu bilan birga, manbalar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 24-fevral — urushning toʻrtinchi yilligi kuni saylov va referendum oʻtkazilishini eʼlon qilishi mumkinligini bildirgan.

Biroq Financial Times suhbatdoshlari AQSH tomoni belgilangan muddatlarga amal qilish oson emasligini qayd etmoqda. Chunki urushni yakunlash bir qator omillarga, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik kelishuvi boʻyicha muzokaralarda ilgarilashga bogʻliq ekani taʼkidlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?