Hozir harakat qilmasak, Yevropa besh yildan keyin mavjud boʻlmaydi — Fransiya prezidenti
Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqining hozirgi vaqtda sust harakat qilayotgani va ichki boʻlinishlarga duch kelayotganini keskin tanqid qildi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Fransiya prezidentining taʼkidlashicha, Yevropa tarixda ham aynan sust harakat qilgani hamda ichki boʻlinishlarga uchragani evaziga muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Makron bunga 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davrini misol qilib, inqiroz AQSHda boshlangan boʻlsada, Yevropa davlatlari birgalikda harakat qilmagani tufayli Qoʻshma Shtatlardan oʻn baravar koʻproq zarar koʻrganini qoʻshimcha qilgan.
Shuningdek, Fransiya yetakchisi COVID-19 pandemiyasi davrida Yevropa mamlakatlari birgalikda, tezkor harakat qilgani uchun yaxshi natijalarga erishganini taʼkidlagan.
“Yevropa oldida yangi va yanada murakkab sinovlar turibdi. Jumladan, AQSH prezidenti Donald Tramp omili, savdo tariflari, Grenlandiya bilan bogʻliq masalalar hamda Yevropaning xavfsizlik borasidagi xotirjamligi jiddiy xavf tugʻdirmoqda. Aslo hammasi bir lahzada tugaydi deb oʻylamang. Har kuni, har haftada yangi tahdidlar paydo boʻlmoqda. Yevropa travmatik holatda yashayapti”, — degan Fransiya rahbari.
Makronning fikricha, Yevropa oʻz kuchi haqida jiddiy oʻylashi, mudofaa salohiyatini mustahkamlashi va strategik sohalarga sarmoyani keskin oshirishi zarur. Xususan, mudofaa, ilgʻor texnologiyalar, sunʼiy intellekt va kvant hisoblash yoʻnalishlariga katta mablagʻ yoʻnaltirilishi lozim.
“Agar biz hech narsa qilmasak, Yevropa besh yildan keyin yoʻq boʻlib ketadi”, — deya ogohlantirgan Emmanuel Makron.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring