Endi 10-sinf oʻquvchilari oʻqishini texnikumlarga koʻchirishi mumkin boʻladi
Muhokamalar portaliga “Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash, umumiy oʻrta taʼlim maktablarning 10-sinf oʻquvchilarini texnikumlarga koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Mazkur loyihaga koʻra, maktablarning 10-sinf oʻquvchilarini texnikumlarga oʻqishini koʻchirish faqat joriy oʻquv yilida boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari asosida maktablarning 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan kunduzgi taʼlim shakliga ruxsat berilishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki maxsus platforma orqali qishki taʼtil davrida 28-dekabrdan 17-yanvargacha amalga oshiriladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- oʻquvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasidagi JSHSHIR;
- voyaga yetmagani sababli tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi maʼlumotlari.
Mazkur Nizom qoidalari nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
Quyidagi hollarda 10-sinf oʻquvchilarining oʻqishini texnikumlarga koʻchirish taqiqlanadi:
- texnikumlarda joriy etilgan xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlariga;
- dual taʼlim dasturlariga;
- semestr (kurs) yakuni boʻyicha fan (modul)lar farqini oʻzlashtirish muddati ikki oydan ortiq boʻlgan taqdirda;
- texnikumlarda amalga oshirilayotgan oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlariga.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring