Toʻrt hududda 1,4 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unga koʻra, fuqaro F.M. “Haqiqat” MFY hududidagi novvoyxonada tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 501,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shuningdek, departamentning Asaka tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “A.F.” nodavlat taʼlim muassasasi masʼul shaxslari va boshqalar “Saidobod” MFY hududidagi binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 288,5 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, “M.” MCHJ rahbari fuqaro M.Sh. Qarshi shahar, “Choʻlquvar” MFY hududidagi noturar binoda umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 310,1 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Bundan tashqari, departamentning Qarshi shahri boʻlim xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar A.X. va B.B. “Temiryoʻlchilar” va “Boʻston” MFY hududlaridagi xonadonlarida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 324,9 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring