Oʻtgan yili poytaxtda fuqarolar kiberjinoyatlar tufayli qariyb 2 trln soʻm zarar koʻrgan
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida uch yil oldin Ichki ishlar vazirligida tashkil qilingan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining ishi hali koʻrinmayotgani qayd etildi.
Masalan, oʻtgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion soʻm moddiy zarar koʻrgan boʻlsa, ularni fosh etish 8 foizga ham bormayapti.
Jinoyatchilar bank tizimidagi boʻshliqdan, aholining ishonuvchanligidan va texnologik bilimi yetishmasligidan foydalanmoqda.
“Ichki ishlar va prokuraturaga bu yoʻnalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va toʻlov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?” deya davlatimiz rahbari mutasaddilar oldiga qatʼiy savol qoʻydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring