Trampning ICE siyosatidagi keskin choralar: Minnesotada 5 yoshli bola qoʻlga olindi
Minneapolisda AQSH maʼmuriyatining muhojirlarga qarshi keskin siyosati fonida tarqalgan suratlar jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Suratlarda besh yoshli bola — Liam Ramosni niqobli ICE (Immigratsiya va bojxona xizmati) xodimi ushlab turgani koʻrinadi. Rasmiylar bola otasi qochib ketganidan soʻng uning xavfsizligi uchun ushlab turilganini bildirgan.
Biroq “Columbia Heights” davlat maktab okrugi rasmiylari bu holatni jiddiy tanqid qildi. Ularning taʼkidlashicha, Liamdan uning oila aʼzolarini uydan chiqarib olish uchun “tuzoq” sifatida foydalangan boʻlishlari mumkin.
Maʼlum boʻlishicha, Liam keyinchalik otasi — Ekvadordan boshpana soʻrab kelgan Adrian Aleksandr Konexo Arias bilan birga San-Antoniodagi xavfsizlik markaziga olib ketilgan. Oila advokati Mark Prokoshning aytishicha, ular AQSHga qonuniy tarzda kirgan, deportatsiya haqida qaror chiqarilmagan va rasmiy boshpana jarayonida boʻlgan.
Bu tasvirlar soʻnggi ikki hafta ichida Minnesota shtatida ICE xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy hibsga olishlar va 7-yanvar kuni 37 yoshli Rene Gudning otib oʻldirilishi ortidan jamiyatdagi xavotirni yanada kuchaytirgan.

Mutaxassislar Liamning suratini yaqin tarixda jamoatchilik ongini larzaga solgan boshqa obrazlar bilan qiyoslamoqda. Ular orasida 2015-yilda Turkiya sohilida halok boʻlgan suriyalik bola Alan Kurdi va 2000-yilda AQSH–Kuba oʻrtasidagi bahs markazida qolgan Elian Gonsales ham bor. Bu tasvirlar muhojirlar taqdiri va davlat siyosati oqibatlarini ochiq namoyon etgan ramzlarga aylangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring