Pokistondagi savdo markazida yuz bergan yongʻinda kamida 14 kishi halok boʻldi
Pokistonning Karochi shahrida joylashgan yirik savdo markazida kuchli yongʻin sodir boʻldi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur yongʻin oqibatida kamida 14 kishi halok boʻlgan, yana oʻnlab odamlar bedarak yoʻqolgan. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytmoqda.
Yongʻin 18-yanvar kuni kelib chiqqan va oʻt oʻchiruvchilar uni oʻchirish uchun 24 soatdan ortiq vaqt sarflagan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida kamida 38 kishi turli darajadagi tan-tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Sind viloyati gubernatorining taʼkidlashicha, hozirgacha jami 70 nafardan ortiq inson bedarak yoʻqolgani toʻgʻrisida maʼlumot bor. Ushbu yirik fojiaga yongʻin xavfsizligi qoidalarining qoʻpol ravishda buzilishi sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda. Xususan, bino 400 ta doʻkonga moʻljallangan boʻlsada, aslida unda taxminan 1 ming 200 ta savdo nuqtasi faoliyat yuritgan. Shuningdek, favqulodda holatlar uchun moʻljallangan chiqish yoʻllaridan faqat ikkitasi ish holatida boʻlgan.
Qayd etilishicha, bunday falokatlar Pokistonda tez-tez kuzatiladi. Mutaxassislar buni binolarning meʼyordan ortiq zich joylashuvi, xavfsizlik talablarining yetarli darajada nazorat qilinmasligi hamda yongʻin oʻchirish xizmatida ishchi kuchi va texnik vositalarning yetishmasligi bilan izohlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring