Toshkentda nomaʼlum shaxs yerosti yoʻlidan oʻtayotgan qizning telefonini olib qoʻydi
Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs qizning telefonini tortib olganligi haqidagi xabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning 21-dekabr kuni taxminan soat 21.20 da 2004-yilda tugʻilgan fuqaro S.Q. Mirobod tumani Amir Temur koʻchasidagi yer osti yoʻlidan oʻtayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs 500 AQSH dollariga teng boʻlgan telefon apparatini kuch bilan tortib olib, voqea joyidan qochib yashiringan.
Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida nomaʼlum shaxsning shaxsi aniqlanib, u 1999-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan (Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) bilan) fuqaro M.O. ekani aniqlangan va tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (“Bosqinchilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. O.Madumarovga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar Siz ushbu shaxsdan jabr koʻrgan boʻlsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-42-54 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring