Qoraqalpogʻistonda soliq boshqarmasi xodimlari pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasining ikki nafar bosh inspektori tadbirkorga nisbatan tamagirlik qilishda gumonlanib, qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu mansabdor shaxslar Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ faoliyatini tekshirish davomida goʻyoki 213 mln soʻmlik soliq qonunchiligi buzilgani aniqlanganini aytib, ushbu summani 34 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga jamiyat rahbaridan 2 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bosh inspektorlar tamagirlik yoʻli bilan 700 dollar va 15 mln soʻm pul mablagʻini oʻrtada vositachilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring