Taniqli brendlar nomi ostida qalbaki gigiyenik vositalar ishlab chiqargan yashirin sex fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.M. fuqaro S.Q.ga qoʻlbola usulda tayyorlangan 175 dona “Persil” nomli kir yuvish vositasini 7 million soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Ushbu qalbaki mahsulotning manbasini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda fuqaro J.M. va boshqalar Sergeli tumani, “Choshtepa” koʻchasidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, “Persil”, “Vaylet”, “Bambuk”, “Lost Cherry” va “Dove” kabi taniqli brendlar nomidan foydalangan holda gigiyenik vositalarini ishlab chiqarayotganliklari aniqlangan.
Ushbu yashirin sexdan umumiy bahosi 308,6 million soʻmlik qalbaki gigiyena vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring