Akademik litsey va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya qachon oʻtkazilishi aytildi

10:36 15 Dekabr 2025 Jamiyat
337 0

Akademik litsey va kasbiy taʼlim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya 16-dekabr kuni test shaklida boʻlib oʻtadi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, test sinovlari “testadmin.uzedu.uz” platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda real vaqt rejimida (onlayn) oʻtkaziladi.

Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi:

  • 1️-smena — soat 09:00;
  • 2️-smena — soat 11:30;
  • 3️-smena — soat 14:00 boshlanadi.

Pedagoglar test sinovlariga pasport yoki ID-karta hamda pedagog ruxsatnomasi bilan kelishlari zarur. Pedagog ruxsatnomasini “pedagog.edu.uz” platformasi orqali yuklab olish mumkin boʻladi.

Test sinovlari quyidagi rasmda keltirilgan binolarda oʻtkaziladi:

Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi — «pedapellatsiya@edu.uz» orqali murojaat qilishlari mumkin.

Pedagoglardan belgilangan vaqtga qatʼiy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?