Gulistondagi fojia qurbonlarining oilasiga 100 mln soʻmdan moddiy yordam beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ikki kun oldin Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlab, 29 nafar odam jarohat oldi.
Afsuski, bu baxtsiz hodisaning qurbonlari bor. Prezidentimiz ularning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon boʻlganlarning oilasiga 100 million soʻmdan moddiy yordam ajratish topshirildi.
Topshiriqqa koʻra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr koʻrganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam koʻrsatmoqda.
Masʼul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.
Umuman, ushbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq boʻlishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish boʻyicha barcha masʼullar 24 soatlik ish rejimiga oʻtishi zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring