Hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
“Oʻzgidromet” 1-4-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 3-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 4-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2-dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 3-4-dekabrda 0-5 daraja iliq kunduzi 1-3-dekabrda 10-15 daraja iliq, 4-dekabrda 8-13 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 4-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 4-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 4-dekabrda Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuq gacha, kunduzi 12-17 daraja iliq, 4-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3-dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 4-dekabrda 0-5 daraja iliq kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 4-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring