Toshkentda “Gentra” haydovchisi YPX xodimini sudrab ketdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida “Gentra” haydovchisi yoʻl-patrul xizmati xodimini mashina kapotida sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kecha, 2-noyabr kuni poytaxtning Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida “Gentra” haydovchisi avtomashina kapotida IIB YPX inspektorini sudrab ketgan. Hozirda ushbu haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deb yozadi BP matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring