Fargʻonada “Ayollar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi” ish boshladi

12:55 03 Noyabr 2025 Jamiyat
152 0

Fargʻona shahridagi “Mehrjon” nodavlat notijorat tashkiloti qoshida “Ayollar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Markazning ochilish marosimida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda jamoatchilik ishtirok etdi.

— Yangi markaz “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova. — Uning asosiy maqsadi – zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar va bolalarga vaqtinchalik boshpana berish, bunday hamyurtlarimizni huquqiy, ijtimoiy va psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, markaz mutaxassislari oilaviy nizo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarni jamiyatga qayta moslashtirish, xotin-qizlar va yangi avlodning ijtimoiy faolligini oshirishga koʻmaklashadi.

Botir MADIYOROV

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер