Tramp: “Tomahawk” raketalarini Ukrainaga berish rejada yoʻq
AQSH prezidenti Donald Trampning maʼlum qilishicha, Vashington Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini yetkazib berishni koʻrib chiqmayapti. Bu haqda RBK prezident soʻzlariga tayanib xabar berdi.
Jurnalistlar davlat rahbaridan mazkur raketalarni Kiyevga topshirish ehtimoli haqida soʻraganida, Tramp:
“Yoʻq, aslida yoʻq. Ular kurashyapti. Har ikki tomonga ham ogʻir. Baʼzan jang oxiriga yetishiga yoʻl qoʻyish kerak boʻladi”, — deb javob berdi.
Shuningdek, Tramp muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish masalasi boʻyicha muhokamalarda ham ishtirok etmayotganini qoʻshimcha qildi.
Bungacha “CNN” telekanali Pentagon “Tomahawk” uzoq masofali raketalarini Ukrainaga berishga ruxsat bergani, bunda bu qaror AQSHning oʻz zaxiralariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi taʼkidlanganini xabar qilgan edi. Yakuniy qaror esa Trampga havola qilingani bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring