Andijondagi maktabda 2 kishi texnik spirtdan zaharlanib, vafot etdi
Illyustrativ foto
Andijon viloyatida joylashgan maktabning 4 nafar xodimi laboratoriyada saqlanayotgan texnik spirtni isteʼmol qilib, zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ushbu maʼlumotlarni tasdiqlagan.
Uning bildirishicha, spirtli ichimlikdan 4 nafar shaxs zaharlangan, oqibatda xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va maktab qorovuli vafot etgan.
Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining maʼlum qilishicha, hodisa Andijon shahridagi 36-umumtaʼlim maktabda sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan holat oʻrganilganida, joriy yilning 22-oktyabr kuni 17:00 larda maktabning xoʻjalik ishlari boʻyicha mas’uli, ChYoT rahbari, qorovul va bir nafar oʻqituvchi darsdan keyin kechki ovqatlanish jarayonida texnik spirtni isteʼmol qilgani aniqlangan. Boshqarma, shuningdek, hodisa sodir boʻlgan vaqtda maktab direktori ham voqea joyida boʻlgani haqidagi iddaolarni rad etgan.
“Ushbu holatda maktab direktori vazifasidagi F.R (ayol kishi) ishdan soʻng uyga qaytgan va ushbu jarayonlarda ishtirok etmagan”, deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring