Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha iliq ob-havo saqlanib turadi

12:48 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
156 0

Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”

Bugun, 10-oktyabr kuni va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida Oʻzbekiston boʻyicha iliq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet” agentligi.

Bildirilishicha, ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 10-oktyabrda ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Havo harorati kunduzgi vaqtlarda 23-28 daraja, janubda va choʻl hududlarida 29-30 darajagacha koʻtariladi. Eng iliq havo shanba kuni boʻladi, kunduzi 28-30 darajagacha, janub va chol hududlarda 32 darajagacha koʻtariladi. Kechasi 10-15 daraja atrofida boʻladi.

10-11-oktyabrda shimolda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat bugun 24-26 daraja, 11-oktyabrda esa kechasi 10-12 daraja, kunduzi 26-28 daraja, yakshanba kuni kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер