Qirgʻiziston davlat neft va neft mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi

10:27 10 Oktyabr 2025 Dunyo
166 0

Illyustrativ foto

Qirgʻiziston hukumati mamlakatdan neft va neft mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII)dan tashqariga olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlab qoʻydi. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qirgʻiziston bosh vaziri Adilbek Kasimaliyev tomonidan 2025-yilning 7-oktyabr kuni imzolangan hujjatga koʻra, cheklovlar neft va neft mahsulotlarini avtomobil va temir yoʻl transportida eksport qilishga taalluqlidir. Neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan mazut va isitish moyi uchun istisno mavjud. Taqiq muddati belgilanmagan.

Matbuot xabarida aytilishicha, bosh vazir yaqinda ichki bozorni neft mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazgan. Uchrashuv ishtirokchilari neft mahsulotlarini yetkazib berish va logistika bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilgan. Ular taklif barqarorligi, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratgan.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha Qosimaliyev neft mahsulotlarining yetarli zaxirasini yaratish, yoqilgʻi-moylash materiallari narxini belgilash ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha topshiriq bergan va bu vazifalar tegishli davlat organlari oʻrtasida taqsimlangan.

Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, YOIIga Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya aʼzo. Shuningdek, Oʻzbekiston, Moldova, Kuba va Eron kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер