Samarqandda PPX inspektori YTH sodir etdi

Videodan kadr
Samarqand shahrida patrul-post xizmati inspektori yoʻl-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 9-oktyabr kuni soat 14:15 larda Samarqand viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni inspektori “Nexia-3” rusumli xizmat mashinasida oʻzining xizmat hududida Samarqand shahar Buyuk ipak yoʻli koʻchasi boʻylab harakatlanishi davomida “Damas” rusumli avtomashinaning orqa tomoniga borib urilgan.
Oqibatda “Damas” oʻzidan oldinda turgan “Damas-2” hamda “Lacetti” avtotransportlari bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH tufayli patrul-post xizmati inspektori va “Damas” haydovchisi jabrlangan. Ularga tibbiy muolajalar koʻrsatilib, javob berilgan. Qayd etilishicha, hodisaning barcha ishtirokchilari hushyor holatda boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring