AQSH Senati 2026-yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi

Arxiv foto
AQSH Senati 2026-moliya yilida (1-oktyabrdan boshlangan) mamlakat uchun harbiy xarajatlarni 925 milliard dollar miqdorida tasdiqladi.
Manbaga koʻra, 77 nafar senator hujjatni yoqlab, 20 nafari esa qarshi ovoz bergan.
Ukraina xavfsizligiga koʻmaklashish tashabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) ham 2028-yilgacha uzaytiriladi va uni moliyalashtirish 500 million dollargacha kengaytiriladi. Dastur AQSH Mudofaa vazirligining asbob-uskunalarni toʻgʻridan-toʻgʻri mamlakat arsenallaridan yetkazib berish oʻrniga ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzishni nazarda tutadi.
Shu yilning sentyabr oyida AQSH Kongressi Vakillar palatasi mamlakat uchun 2026-yilga moʻljallangan harbiy xarajatlarni umumiy hisobda qariyb 900 milliard dollar, jumladan, 400 million dollar Ukrainaga yordam berishni maʼqullagani xabar qilingan edi.
Qonunchilar hujjatga, shuningdek, AQSH maʼmuriyati Ukrainaga avvalroq Kongress tomonidan maʼqullangan yordamni bekor qilish yoki toʻxtatishga qaror qilgan taqdirda AQSH Mudofaa vazirligini xabardor qilishi shart boʻlgan bandni ham qoʻshib qoʻygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring