Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi

15:21 09 Oktyabr 2025 Hujjatlar
315 0

Hukumat qarori (629-son, 07.10.2025-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Maʼlum qilinishicha, roʻyxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar oʻtkaziladi va roʻyxatga olish boshlanishining aniq payti 2026-yil 15-yanvar soat 00:00 etib belgilanadi. Roʻyxatga olishni oʻtkazish davomiyligi 45 kunni tashkil qiladi..

Shuningdek, respondentlarning shaxsga va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlarini toʻplash jarayonida roʻyxatga olish sanasidan keyingi oʻzgarishlar hisobga olinmaydi.

Jumladan, roʻyxatga olish savolnoma shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari 2026-yilning 15-yanvaridan keyin tugʻilgan bolalarga nisbatan toʻldirilmaydi, biroq roʻyxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan toʻldiriladi.

Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:

  • bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari boʻlgan chet el fuqarolari hamda ularning oila aʼzolari;
  • Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega boʻlgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.

Respondentlar oʻzining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining koʻproq qismini oʻtkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер