Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi

15:10 09 Oktyabr 2025 Jamiyat
304 0

Hukumat qarori (632-son, 08.10.2025-y.) bilan “Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, ushbu nizomga koʻra, “2+6” dasturi belgilangan xorijiy tillarni bilish boʻyicha ballning (darajaning) kamida minimal koʻrsatkichli sertifikatiga ega boʻlgan ariza beruvchi oʻquv markazi tomonidan unga xorijiy tilni oʻqitish xizmatini koʻrsatgani uchun dastlabki 2 oy uchun oʻqish xarajatini oʻz hisobidan toʻlaganda, keyingi 6 oygacha oʻqish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutadi.

“2+6” dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni boʻyicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan:

  • Toshkent shahrida – BHMning 2 baravarigacha;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha;
  • tuman (shahar)larda – BHMning 1 baravarigacha.

Shuningdek, agentlik tomonidan 2025–2026-yillarda oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan 20 ming nafargacha, 2031-yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.

Bildirilishicha, tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, oʻsha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar toʻxtatiladi.

Ariza beruvchilarning xorijiy tilni oʻqitish xarajati uchun:

  • oʻquv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali roʻyxatdan oʻtgan;
  • ariza beruvchilarning oʻquv mashgʻulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan oʻquv markazlariga “2+6” dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер