Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi

“Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-295, 04.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu qarorga koʻra, 2025–2026-yillarda hududlarda sanoatni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilangan, jumladan:
- respublika sanoatida hududiy sanoatning ulushini 45 foizga yetkazish;
- hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalarini amalga oshirish orqali sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish va 3,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish;
- har bir tuman va shaharlarda 5 tagacha sanoat “oʻsish nuqtasi”ni rivojlantirish.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil 1-yanvarga qadar:
- ishchilarining oʻrtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlaridan har bir ishchi xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha boʻlgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chiqarib tashlanadi;
- oʻz ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga gips olish uchun belgilangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring