Shu yilning sentyabr oyida 40 ming 611 nafar fuqaro bir martalik nafaqa toʻlovi olgan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2025-yil sentyabr oyida 40 ming 611 mingta fuqaro uchun 47,9 milliard soʻm bir martalik nafaqa toʻlovlari amalga oshirildi. Bu haqida agentlikning Telegram-kanalida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, 28 ming 784 nafar fuqaroga 25,6 milliard soʻm — farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik (suyunchi) nafaqasi hamda 11 ming 827 nafar fuqaroga 22,3 milliard soʻm — dafn etish uchun nafaqa toʻlangan.
Suyunchi nafaqasi bola tugʻilgandan soʻng 6 oy ichida bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qilib yoki mobil telefondan “Xazna” ilovasi orqali bir martalik nafaqani olishlari mumkin. Suyunchi nafaqasi onaning faqat birinchi farzandi uchun beriladi. Agar oila “Ijtimoiy himoya yagona reyestr”da roʻyxatda tursa, ushbu oila ikkinchi farzandi uchun ham nafaqa olish huquqiga ega.
Shuningdek, dafn etish nafaqasi FHDYO boʻlimi tomonidan oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma berilgan shaxsga toʻlanadi. Dafn etish nafaqasini AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qilib yoki mobil telefondan “Xazna” ilovasi orqali bir martalik nafaqani olishi mumkin.
“Agar murojaat qiluvchi shaxsning huquqi boʻlmasa, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa yoki fuqaroning oʻlimi qayd qilinganidan soʻng 60 kundan keyin murojaat qilinsa, nafaqa toʻlash rad etiladi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda suyunchi nafaqasi 893 ming 513 soʻm, dafn etish nafaqasi esa 1 million 884 ming soʻmni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring