2026-2027 oʻquv yili uchun onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi

13:33 07 Oktyabr 2025 Jamiyat
172 0

2026-2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllanilishi rejalashtirilgan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi asosida onlayn diagnostik testlar ishga tushirildi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, diagnostik testlar quyidagi fanlar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • tarix;
  • matematika;
  • fizika;
  • biologiya;
  • kimyo;
  • geografiya;
  • ona tili va adabiyot;
  • chet tili;
  • davlat va huquq asoslari;
  • majburiy fanlar.

Shuningdek, testlarda ishtirok etishni istaganlar «https://my.uzbmb.uz/service/43» havolasi orqali oʻtishlari mumkin boʻladi. Test natijalari ishtirokchi testni yechib boʻlgan zahoti onlayn tarzda koʻrsatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер