Shahram Gʻiyosov Toshkentda jang oʻtkazadi

12:29 06 Oktyabr 2025 Sport
219 0

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi maʼlum boʻldi. U Toshkent shahrida ringga koʻtariladi. Bu haqda sportchining oʻzi Instagramʼdagi sahifasida eʼlon qildi.

Unga koʻra, joriy yilning 14-noyabr kuni poytaxtdagi “Humo Arena” sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda Gʻiyosovdan tashqari Lazizbek Mullajonov, Aʼloxon Abdullayev kabi oʻzbekistonlik tajribali bokschilar ham jang qilishi kutilmoqda.

“Xudo xohlasa, 14-noyabr kuni hammani “Humo Arena”da kutamiz. Asosiy kardda oʻzim boʻlaman. Yaqin orada raqib ham eʼlon qilinadi. Toʻsatdan chiqdi, oʻylanmay rozi boʻldim”, degan bokschi.

Maʼlumot uchun, Shahram Gʻiyosov hozirga qadar prof ringda 17 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. U oʻzining 10 ta jangini raqiblarini nokaut yoki texnik nokaut qilish orqali muddatidan oldin yakunlagan.

Gʻiyosov soʻnggi jangini argentinalik Franko Okampoga qarshi oʻtkazib, 4-raundda raqibini nokautga uchratgandi. Bu gʻalaba hamyurtimizning nufuzli World Boxing Association (WBA) roʻyxatidagi oʻrnini mustahkamladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер