Oʻzbekiston Pokistondan qariyb 50 million dollarga teng kartoshka import qilgan

2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 49,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 490,8 ming tonna kartoshka import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning ortda qolgan davri mobaynida Oʻzbekistonga eng koʻp kartoshka yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Pokiston – 299,4 ming tonna;
- Qozogʻiston – 110 ming tonna;
- Afgʻoniston – 34,8 ming tonna;
- Qirgʻiziston – 18,1 ming tonna;
- Rossiya – 15,4 ming tonna;
- Boshqa davlatlar — 13,1 ming tonna.
Milliy statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, kartoshka importi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41 ming tonnaga yoki 9,1 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring