Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi (+video)

Xovos tumanida hokim oʻrinbosari, Karmana tumanida hokim yordamchisi ushlandi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimi oʻrinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman boʻlimi mutaxassisi oʻzaro til biriktirib, tasarrufida 452 gektar yer maydoni boʻlgan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikni kelgusi yil sholi yetishtirish taqsimotiga kiritish, eksport rejasi bajarilganligini tasdiqlash, taqsimotsiz sholi yetishtirgan holatiga nisbatan chora koʻrmaslik, shuningdek, goʻyoki Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tumandagi fermer xoʻjaliklari faoliyati boʻyicha oʻtkazilayotgan tekshiruvda uni himoya qilish evaziga xoʻjalik rahbaridan joriy yilning iyun oyida 10 ming AQSH dollari olgan.
Shundan soʻng, hokim oʻrinbosari yer maydonini davlat zaxirasiga olib qoʻyish va fermer xoʻjalik rahbariga nisbatan jinoyat ishi ochtirish bilan tahdid qilib, qoʻshimcha 20 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Prokuratura organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, hokim oʻrinbosari soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSH dollarini oʻzining hamtovogʻi boʻlgan mutaxassis orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda hokim oʻrinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman boʻlimi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shu kabi yana bir holat, Navoiy viloyatida ham kuzatilgan.
Unga koʻra, Karmana tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalariga masʼul boʻlgan hokim yordamchisi noqonuniy ravishda 40 million soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, hokim yordamchisi xizmat mavqeyidan foydalangan holda oʻzganing ishonchiga kirib, 2024-yilda boshqa bir fuqaroga ijaraga berilgan M-37 avtomobil yoʻli yoqasidagi 12 kv.m yer maydonini uni nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 million soʻm talab qilgan.
Hozirda ushbu hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring