Bugun kuzgi attestatsiya uchun toʻlov qilishning oxirgi kuni

2025-yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagoglarni navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun toʻlov amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktyabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilgan edi. Bugun toʻlov qilishning oxirgi kuni. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Toʻlov qanday amalga oshiriladi?
Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS raqamiga oʻtkazish kerak boʻladi.
Toʻlov miqdori qancha?
- davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm);
- pedagog.uzedu.uz – platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm);
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm).
INVOYS raqami toʻlov xabarnomasi (kvitansiya)da yozilgan boʻladi. Toʻlov xabarnomasi (kvitansiya)ni har bir pedagog shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin
Shaxsiy kabinet murojaati muvaffaqiyatli yuborilgan pedagoglar uchun ochiladi. Shaxsiy kabinetga ONE ID-tizimi orqali kiriladi.
Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
- Oʻzbek tilida: https://t.me/uztditestbot
- Rus tilida: https://t.me/uztditest_rusbot
- Qoraqalpoq tilida: https://t.me/uztdi_qrtestbot
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring