Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

13:04 05 Oktyabr 2025 Siyosat
272 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va baxt-saodat, birodar Tojikiston xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi oʻrnini qayd etib, Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida taʼkidladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv kabi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab olgan amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mamlakatlarimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi va kun tartibi ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер