Tramp maʼmuriyati kelgusi yilda yangi qochqinlarni qabul qilish limitini rekord darajada qisqartirishni rejalashtirmoqda

08:42 05 Oktyabr 2025 Dunyo
276 0

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati 2026-yil uchun yangi qochqinlarni qabul qilish boʻyicha rekord darajada past limit — 7,5 ming nafargacha — oʻrnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ajratiladigan oʻrinlarning katta qismi Janubiy Afrika Respublikasidagi oq tanli aholi va “adolatsiz taʼqib yoki diskriminatsiya”ga uchrayotgan boshqa ayrim guruhlar uchun rezerv qilinadi.

Taklif etilayotgan 7,5 ming nafarlik chegara 2024-yilda AQSHning oʻsha paytdagi prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan belgilangan 125 minglik limitdan ancha past. Shuningdek, bu raqam Trampning ilk prezidentlik davri oxirida oʻrnatgan koʻrsatkichdan ham ikki barobar kamdir.

Yangi limit haqidagi yakuniy qaror maʼmuriyat va Kongress oʻrtasidagi maslahatlardan keyin qabul qilinadi. Shuningdek, AQSHda yangi moliyaviy yil boshlanguncha hukumatning qochqinlar qabul qilish dasturi qonunchilikdagi moliyalashtirish masalasi hal boʻlmaguncha vaqtincha toʻxtatilishi aytilmoqda.

Bundan avval Reuters agentligi xabar berishicha, AQSH maʼmuriyati 2026-yildan boshlab yangi qochqinlar qabul qilish limitini yillik 40 ming nafar atrofida belgilash imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер