Buxoroda tadbirkorning qariyb 1 milliard soʻmini oʻzlashtirgan “uddaburon” qoʻlga tushdi

18:10 03 Oktyabr 2025 Jamiyat
270 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jondor tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro X.S. “X.I.” MCHJ taʼsischisining ishonchiga kirib, yoqilgʻi–moylash materiallarini olib berish uchun korxona hisob raqamidan 995,7 million soʻmni oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib olgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер