Netanyahu Qatarni “terroristlarga boshpana berishda” ayblab, Dohaga berilgan zarbalarni oqladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Qatar hukumatini “terroristlarga boshpana berish”da aybladi va mamlakat havo kuchlari tomonidan Dohaga yoʻnaltirilgan zarbalarni shu bilan oqladi. Uning taʼkidlashicha, shaharda Falastindagi “HAMAS” harakatining rahbarlari boʻlgan.
“Men Qatarga va terroristlarni panalatayotgan barcha davlatlarga murojaat qilaman: yo ularni chiqarib yuboring, yo adolat oldiga olib keling. Agar bundan bosh tortsangiz, bu ishni biz qilamiz”, — dedi Netanyahu.
Isroil bosh vaziri avvalgi bayonotlarida qaysi davlatga zarba berilganini aniq ochiqlamagan edi. Bu gal esa u birinchi marta Qatarni tilga oldi.
Netanyahuning soʻzlariga koʻra, Isroilning Dohadagi zarbalari 2001-yil 11-sentyabrdan keyin AQSHning Afgʻonistonda olib borgan harbiy kampaniyasi bilan barobar asosga ega. Uning fikricha, Isroil tarixida 2023-yil 7-oktyabrda “HAMAS” radikallari amalga oshirgan hujum — 11-sentyabr voqeasi bilan tenglashtiriladi.
“Amerika 11-sentyabrdan keyin nima qildi? U terroristlarni qayerda boʻlishidan qatʼi nazar taʼqib qilishga vaʼda berdi. Ortidan BMT Xavfsizlik kengashida hech qaysi hukumat terroristlarni panalatmasligi kerakligi haqida rezolyutsiya qabul qilindi”, — deya esga oldi u.
Netanyahuning taʼkidlashicha, Isroil ham Dohadagi zarbalar orqali aynan shu ruhda harakat qilgan:
“Biz 7-oktyabrdagi qirgʻinni amalga oshirgan terroristlar tashkilotchilari izidan tushdik. Bu Qatarda boʻldi. Chunki Qatar ularga boshpana, moliya, hashamatli villalar berib, HAMASni qoʻllab-quvvatladi. Biz Amerika 2001-yilda “Al-Qoida”ga qarshi Afgʻonistonda qanday ish tutgan boʻlsa, xuddi shunday yoʻl tutdik”, — dedi Isroil bosh vaziri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring