AQSH va Rossiya Ukrainada Falastin namunasidagi kelishuv gʻoyasini muhokama qiladi

10:48 14 Avgust 2025 Dunyo
232 0

Foto: Reuters

AQSH Rossiya bilan Ukrainadagi mojaroni Isroilning Iordan daryosining gʻarbiy sohilida nazorati asosida tartibga solish taklifini muhokama qiladi. Bu haqda AQSH Milliy xavfsizlik kengashidagi manbaga tayanib, “The Times” nashri xabar berdi.

“Bu Isroilning Gʻarbiy Sohilni qanday nazorat qilayotganiga oʻxshab ketadi. Ukraina hech qachon oʻz suverenitetidan voz kechmaydi. Lekin haqiqat shuki, u bosib olingan hudud boʻladi va bu Falastinning namunasi boʻladi”, — deyiladi manbada.

Nashrning qayd etishicha, ushbu taklifga koʻra, Rossiya bosib olingan hududlarda harbiy va iqtisodiy nazoratni amalga oshiradi. Biroq Ukraina chegaralari de-yure oʻzgarmaydi, xuddi Falastin chegaralari Isroilning Gʻarbiy sohilda nazorati ostida boʻlishiga qaramay, oʻzgarishsiz qolishi kabi.

Bu fikrni AQSH prezidentining elchisi Stiv Uitkoff bir necha hafta avval rossiyalik hamkasblari bilan muzokaralari chogʻida aytgan.

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan juma kuni Alyaskada boʻlib oʻtadigan uchrashuvida Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilmasa, Rossiya AQSH tomonidan “juda jiddiy oqibatlarga” duch kelishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?