Dam olish kunlari havo harorati biroz koʻtarilishi kutilmoqda

18:13 11 Iyul 2025 Jamiyat
323 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 11-13-iyul kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Fargʻona vodiysining togʻli hududlarida 11-iyul kuni kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Bugun kunduzi yoz faslining oʻrtasi uchun nisbatan qulay boʻlgan havo harorati saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustuni

32-35 darajadan, janubda 36-39 darajadan koʻtarilmaydi. Eng salqin hudud Fargʻona vodiysi boʻlib, bunda harorat 28-31 daraja atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin koʻtariladi va koʻpchilik viloyatlarda kunduzgi harorat 35-38 darajani tashkil etadi. Kechalari harorat asosan 18-23 daraja boʻladi.

Respublikaning ayrim joylarida 11-13-iyul kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun va dam olish kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 11-iyulda 33-35 daraja, 12-13-iyulda 35-38 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?