Buxoroda erkak boʻz echkiemarga nos chektirdi

15:18 12 Iyun 2025 Jamiyat
169 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida fuqaro Oʻzbekiston Qizil kitobga kiritilgan boʻz echkiemarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi tasvirlangan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura voqea yuzasidan maʼlumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, tezkor oʻrganish ishlari amalga oshirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 1-iyun kuni Jondor tumani “Yosh Kuch” mahallasida yashovchi fuqaro Gʻ.Gʻ. choʻl hududidagi dala shiyponiga tasodifan kirib qolgan boʻz echkiemarni ushlab, uning ogʻziga tamaki mahsulotini solgan va keyinchalik yaylovga qoʻyib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Huquqbuzarga nisbatan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun viloyat IIB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Taʼkidlash joiz, qonunchilikka muvofiq, hayvonlarga, xususan muhofaza ostidagi turlarga nisbatan shafqatsiz muomala qilish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер