“Bu men va Putinning ishi” – Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi

13:57 11 Iyun 2025 Dunyo
213 0

Arxiv foto

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev delegatsiyasiga Rossiya bilan hududlarni muhokama qilishni taqiqladi. Uning taʼkidlashicha, Kiyev delegatsiyasi Rossiya bilan muzokaralarda hududlarni muhokama qilish vakolatiga ega emas.

“Ukraina delegatsiyasi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarda Rossiya bilan memorandum doirasida faqat gumanitar masalalarni muhokama qilish vakolatiga ega. Chunki ularning mandati yoʻq. Bu Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhokama qilishdir. Hududlar boʻyicha muloqot oʻtkazish menga va Putin (Rossiya prezidenti Vladimir Putin – tahr.)ga bogʻliq... Men bu masala boʻyicha oʻz pozitsiyamni boshqa hech kim bilan muhokama qilmayman” – dedi Ukraina prezidenti Vengriyaning “Valasz Online” nashriga bergan intervyusida.

Shu oʻrinda Zelenskiy Kiyev yoʻqotilgan hududlarni de-yure (lotincha “de jure” soʻzidan olingan boʻlib, “qonuniy”, “qonun boʻyicha” maʼnosida ishlatiladigan ibora – tahr.) Rossiya deb tan olmasligini qoʻshimcha qildi.

Ukraina yetakchisi, shuningdek, Gʻarb davlatlari, jumladan, AQSH Rossiyaga yetarlicha bosim oʻtkazmayotganini aytdi. Unga koʻra, nafaqat AQSH, balki boshqa davlatlar ham Moskvaga “Urushni toʻxtating, aks holda Ukrainaga qurol beramiz”, deb aytishi kerak. Chunki Rossiya diplomatik jarayonga eʼtibor bermayapti.

Shu oʻrinda Ukraina prezidenti Gʻarb nega Rossiyaga nisbatan qattiqroq cheklovlar joriy etishdan bosh tortayotganini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, buning sababi Kiyevning 18 va undan katta yoshdagi fuqarolarni safarbar qilmaganidir.

“Biz 18-24 yoshli yoshlarga hamkorlarimiz xohlasa, ular ham xizmat qilishlari mumkinligini koʻrsatish imkoniyatini yaratdik”, – deya qoʻshimcha qildi Ukraina rahbari va Kiyev ukrainalik yoshlarga mamlakat Mudofaa vazirligi bilan bir yillik shartnoma taklif qilganini taʼkidlab.

“Rossiyaning raketa zarbalari... AQSH va boshqa dunyodagi Rossiyani tinchlikka majburlash urinishlaridan balandroq. Bugun Kiyevga qilingan hujum eng katta zarbalardan biri boʻldi. Odessa, Dneprovsk va Chernigov viloyatlari ham nishonga olindi”, – deydi Ukraina prezidenti.

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksey Chepaning aytishicha, bu talab tinchlik muzokaralarini boshi berk koʻchaga olib boradi.

Parlament aʼzosi, shuningdek, Ukraina prezidentining bayonotini “adekvat emaslik” belgisi, uning Putin bilan uchrashishga tayyorligi haqidagi soʻzlarini esa “PR kampaniyasi” deb atadi.

“Hech qanday muzokaralar shunchaki olib borilmaydi, ayniqsa, yuqori darajada – hammasi oldindan tayyorlanadi. Bu bemaʼnilik... Avval tayyorgarlik koʻrishingiz kerak, keyin esa “men tayyorman” ayting, – deya xulosa qildi Chepa.

Davlat Dumasi deputati Svetlana Jurova ham Rossiyani tinchlikka majburlamaslik kerakligini taʼkidladi. U Ukraina Rossiya hududida muntazam ravishda terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotganini, Ukraina rasmiylari esa faqat Moskvani majburlash zarurligi haqida gapirib, oʻz harakatlarini oqlashga urinayotganini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер