Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi

2025-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qaroriga asosan “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soat ichida Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Inspeksiyaga “v-nadzor.gov.uz” sayti orqali yuborishlari mumkin. Materiallarda huquqbuzarlik holati, ushbu harakatni sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa), sodir boʻlgan manzil va vaqt aniq koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.
Yuborilgan foto va videomateriallar Inspeksiyaning masʼul xodimi tomonidan 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Videoyozuvning umumiy davomiyligi esa 120 soniyadan oshmasligi shart qilib belgilangan. Agar huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan boʻlsa, huquqbuzarga ogohlantiruv tavsiyalari yuboriladi. Ammo maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1-yil ichida qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, jarima belgilanadi.
Eng muhimi, huquqbuzarlikni aniqlab videomaterial yuborgan shaxs ragʻbatlantiriladi. Yaʼni, undirilgan jarima summasining 25 foizi miqdorida pul mukofoti toʻlanadi. Bu ragʻbatlantirish jazo undirilgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Shu orqali fuqarolarning jamiyatda faol va masʼuliyatli boʻlishi, suv resurslaridan samarali foydalanishga hissa qoʻshishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring