“Vayrongarchiliklar aqlga sigʻmaydi”: Gʻazodagi uylarning 92 foizi shikastlangan yoki butkul qulab tushgan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligi bergan maʼlumotlarga koʻra, Gʻazodagi uylarning 92 foizi Isroil hujumlari oqibatida shikastlangan yoki butkul vayron boʻlgan. Bu haqida «Al Jazeera» nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligi oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida Falastin hamda Isroil mojarosi boshlangandan buyon yuz bergan vayrongarchiliklar haqidagi statistik maʼlumotlarini eʼlon qilgan.
“Son-sanoqsiz odamlar bir necha bor koʻchishga majbur boʻlgan. Aholining doimiy yashashi uchun boshpanalar kam. Isroil tomonidan qoʻyilgan qamalni zudlik bilan bekor qilish kerak. Gʻazodagi oilalarning oldida turgan vayrongarchiliklar aqlga sigʻmaydi. Mamlakatdagi uylarning 92 foizi shikastlangan yoki butkul qulab tushgan”, — deyiladi BMTning Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligi hisobotida.
Bundan tashqari, bugun, 19-may kuni Isroil hukumati Gʻazodagi “Xon Yunus” shahri aholisini majburiy koʻchirish kerakligi haqida buyruq bergan.
Mazkur majburiy evakuatsiya buyrugʻi Gʻazoning ikkinchi eng yirik shahri hisoblangan “Xon Yunus”ga qilinayotgan ketma-ket hujumlarning avj olishi bilan izohlangan. Isroil harbiylari mazkur hududga bir soat ichida kamida 30 ta havo hujumi uyushtirgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur hujumlar oqibatida kamida 32 nafar falastinlik halok boʻlgan.
Shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazoga nisbatan qoʻllanilayotgan blokadani yengillashtirib, hududga cheklangan miqdorda yordam yetkazilishiga ruxsat berishini maʼlum qilgan. Biroq Netanyaxuning bu ruxsati qachon amaliyotga koʻchishi va Gʻazo hududiga insonparvarlik yordamlarining qachon kiritilishi haqida aniq sana maʼlum qilinmagan.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qilgan bosqinlari oqibatida kamida 53 ming 339 nafar falastinlik halok boʻlgan. 121 ming 34 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring