Milliy kutubxona yaqinidagi koʻchalar transport harakati uchun 5 kunga yopiladi

15:40 28 Aprel 2025 Jamiyat
154 0

Toshkent shahridagi Milliy kutubxona yaqinidagi 3 ta koʻchada transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini targʻib etish maqsadida poytaxtda “Toshkent gullari” festivali boʻlib oʻtadi. Festivalning asosiy tadbirlari Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining old maydonida tashkil qilinadi.

Shu munosabat bilan 29-apreldan 3-maygacha quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi:

  • Zarafshon koʻchasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qoʻriqlash punkti va Matbuotchilar koʻchalari oraligʻidagi qismi;
  • Istiqlol koʻchasining A.Temur va Buyuk Turon koʻchalari oraligʻidagi qismi;
  • Buyuk Turon koʻchasining Istiqlol koʻchasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha boʻlgan qismi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi

“Koʻrsatilgan davr ichida muqobil yoʻllardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер