Jarima ballari 1-maydan kuchga kirmaydi

IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yoʻldoshev jarima ballari 1-may kunidan boshlab kuchga kirmasligini maʼlum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1-mayidan haydovchilar uchun jarima ballari joriy etilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, hozirda jarima ballarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda. Mazkur hujjat qabul qilinganidan keyin, yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi.
Mart oyi oxirida IIV qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini muhokamaga qoʻygandi.
Loyiha bilan jarima ballari transport vositalarini boshqargan haydovchilarga nisbatan faqat Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalar asosida hisoblanadi. Jarima ballari E-jarimaball moduli orqali avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.
Taʼkidlash joiz, agar haydovchi 12 oy ichida yoʻl harakati qoidalarini buzmasa, keyingi davrda birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring