“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi YTHga uchradi

13:53 28 Aprel 2025 Jamiyat
127 0

Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonida inson hayoti saqlab qolindi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 28-aprel kuni soat 11:22 da “Qamchiq” dovonidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 157,1 kilometrida “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlangan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili yoʻl-transport hodisasiga uchragan.

112 yagona dispetcherlik tizimi orqali hududda haydovchi boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl oʻrtasidagi toʻsiqqa borib urilib, YTH sodir etgani toʻgʻrisida FVBga xabar qilingan. Bildirilishicha, hodisa oqibatida haydovchi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari, YPX va Tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan yuk mashinasining kabina qismida qisilib qolgan haydovchisi chiqarib olinib, birinchi yordam koʻrsatilgan va Pop tumani tibbiyot birlashmasiga joʻnatilgan.

“Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 15-aprel kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida ham yuqoridagi kabi holat sodir boʻlgan edi. FVV qutqaruvchilari zudlik bilan manzilga yetib borib, avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchini chiqarib olishga muvaffaq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер