Putin Kurskda ukrianlarni magʻlub etishda koʻrsatgan yordami uchun Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirdi

12:25 28 Aprel 2025 Dunyo
131 0

Arxiv foto

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) raisi Kim Chen Inga ushbu mamlakat harbiylarining Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarini magʻlub etishda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida chop etilgan bayonotda maʼlum boʻldi.

“Biz shaxsan davlat ishlari raisi oʻrtoq Kim Chen Inga, KXDRning butun rahbariyati va xalqiga samimiy minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi bayonotda.

Putin, shuningdek, Rossiya va KXDR oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar barcha yoʻnalishlarda muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq KXDR Markaziy harbiy komissiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi magʻlubiyati haqida gapirgan edi. Markaziy harbiy komissiyasi operatsiya davomida Gʻarb davlatlari va Kiyevning siyosiy va harbiy sarguzashtlari muvaffaqiyatli bartaraf etilganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер