Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan “Damas” aniqlandi

12:16 28 Aprel 2025 Jamiyat
102 0

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida “Damas” 25 nafar bogʻcha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, holat 23-aprel kuni Kosonsoy tumanining “Jar” mahallasi hududida qayd etilgan. “Damas” avtomobili toʻxtatilib tekshirilganda unda bir nafar ayol va 25 nafar bogʻcha bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.

Haydovchining soʻzlariga koʻra, u bolalarni shu mahalladagi xususiy bogʻchaga olib borayotgan boʻlgan.

YHXB axborot xizmati holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер